"Manchester Yunayted"ni bu narx qo'rqitmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

"Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadlari orasida qolmoqda.
Bir necha kun avval ma'lum bo'lishicha, "qizil iblislar" kamerunlikning agenti bilan aloqada, biroq "dengiz otlari" futbolchini sotmoqchi emas, shuning uchun ular katta summa so'rashmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, yuqori narx yorlig'i "Manchester Yunayted"ni qo'rqitmaydi.
"Mankunianliklar" xotirjam va 21 yoshli yarim himoyachi Ruben Amorim futboliga juda mos kelishiga ishonishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282