Ben Arfa faoliyatini La Ligada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293

Yarim himoyachi Hatem Ben Arfa "Valyadolid"ga ko'chib o'tdi, deya xabar beradi Ispaniya klubi rasmiy sayti.
Frantsiyalik yarim himoyachi joriy mavsum yakuniga qadar "Valyadolid" bilan shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, Ben Arfa o'tgan yilning iyulida "Renn"dan ketganidan beri jamoasiz qolgan edi.
Avvalroq 32 yoshli futbolchi "Lion", "Marsel", "Nyukasl", "Xall", "Nitstsa" va PSJ kabi klublarda to'p surgan.
Manba: twitter.com/realvalladolidFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208