Kavanining agenti Madridga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 471

«PSJ» hujumchisi Edinson Kavani «Atletiko»ga o'tishga yaqin turibdi.
32 yoshli futbolchining agenti transferni oxiriga etkazish uchun Madridga tashrif buyurdi. Manbaga ko'ra, Kavanining transferi bugun e'lon qilinishi mumkin.
Edinson «Atletiko» bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaydi va unda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutiladi.
Kavani hozircha tibbiy ko'rikdan o'tmadi. Futbolchiga yaqin insonlarning ta'kidlashicha, Kavani bu borada muammoga duch kelmaydi.
«Atletiko» tomonidan parijliklarga berilgan so'nggi taklif 15 million evroga teng bo'ldi. Mavsum so'ngida futbolchining "PSJ" bilan shartnomasi yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187