«Barselona» «Valensiya» hujumchisiga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu jamoa «Valensiya» hujumchisi Rodrigoga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.
«Biz boshqa jamoaga tegishli o'yinchi haqida gapirmaymiz. Ammo Rodrigo nomzodi murabbiylar shtabi tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Jarohatlangan Luis Suares o'rniga futbolchi kerak. Bilmadim, bu «Barselona B»dan qaysidir o'yinchi bo'ladimi yoki boshqa jamoadan keladigan futbolchimi. Menga ko'p futbolchilar yoqadi», – dedi Bartomeu.
Rodrigo 2014 yilning yozidan beri «Valensiya» sharafini himoya qiladi. Besh yarim yil ichida ispaniyalik futbolchi 209ta o'yinda o'yinda maydonga tushib, 56ta gol va 40ta gollli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining bozor narxi — 50 million evro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176