Ronaldu «An-Nasr»ning necha foiz aktsiyasiga egalik qilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72

Saudiya Arabistonilik jurnalist Abdulaziz Al-Oseymi jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning 20 foiz aktsiyasiga egalik qilishini ma'lum qildi.
Mahalliy OAV bu xabarga qizg'in munosabat bildirib, portugaliyalik endi nafaqat futbolchi va sardor, balki klub xo'jayini ekani haqida sarlavhali materiallar e'lon qildi.
Iyun oyida klub futbolchi bilan uzaytirgan yangi shartnomasiga ko'ra, unga 15 foizlik ulush berilgani xabar qilingandi.
2024/2025 yilgi mavsumda 40 yoshli Ronaldu 41 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298