Diyor Imomxo'jaev: «Bolalar futbolida muammolarimiz to'la ekanini qatiq sotadigan qo'shnim ham biladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 363
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 4 yil avvalgisidan kuchliroq edimi?
Samvel Babayan Rio-2016 uchun harakat qilgan tarkib futbolchilari bilan tanishib oling:
▪️Jaloliddin Masharipov
▪️Ikrom Aliboev
▪️Akrom Komilov
▪️Jamshid Iskanderov
▪️Doston Hamdamov
▪️Otabek Shukurov
▪️Eldor Shomurodov
▪️Igor Sergeev
▪️Doston Tursunov
▪️Sardor Rahmonov
▪️Vladimir Kozak
▪️Javohir Sohibov
Bu yigitlar Qatarga ketayotganidayoq ancha tanilib ulgurgandi. Bugunga kelib shularning yarmidan ko'mi milliy termaning asosi, to'g'rimi? Biroq Babayan jamoasi guruh bosqichidan nariga o'ta olmagan.
Mana endi o'zingizga savol bering: Tailandga borgan G'aniev yoki Qodirqulovdan boshqa qaysi futbolchini siz musobaqaga qadar tanir edingiz? Futbol jurnalistlari uchungina ularning hammasi qisman tanish. Ammo siz Oybek Bozorovni shu musobaqada kashf qildingiz, to'g'rimi? Yaxshiboev Paxtakor asosiy tarkibiga kira olmagan futbolchi. Qolganlar ham uning qatori yigitlar. Lekin ular musobaqaning “o'lim guruhi”dan joy olib, oxirida yarim finalga qadar etib borishdi. Oxirgi ikki o'yinda raqibdan yaxshiroq o'ynab, mag'lub bo'lishdi. Shuning uchun ham jamoaga e'tirozim yo'q.
Agar Avstraliyani yutganimizda, qahramon bo'lardik, to'g'rimi? Yuta olmaganimiz uchun endi hamma ayb bolalar futbolida ekan. Umuman olganda bolalar futbolida muammolarimiz to'la ekanini qatiq sotadigan qo'shnim Halima opa ham biladi, chunki o'g'lini Bunyodkor akademiyasiga olishmagan ekan, portalga kamida 10 marta yumaloq xat yozdi. Biroq bilasizmi nima, Braziliyada bolalar futboli bundan besh batar. Biroq ulardan futbolchi chiqib yotibdi. Chunki ularda dunyoqarash boshqa. Bizda-chi? Qaysi soha dahshat rivojlanib ketgan-u, futbolchilar qoloqligicha qolib ketdi? Futbolimiz-ku Osiyoning to'rtinchi jamoasi ekan, yana qaysi soha Osiyoda to'rtinchi? 3-4 yil avval bolalar futboli uchun 5 million so'mdan yig'ib berganimizda Olimpiadaga borarmidik
Manba: Diyor Imomxo'jaev telegram kanali