Andrey Voronin: "Agar Kokoringa "Feyenoord"dan taklif bo'lsa, ketishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 234
Moskvaning “Dinamo” klubi Aleksandr Kokorin bilan birga to'p surgan Andrey Voronin sobiq jamoadoshining atrofidagi gap-so'zlarga o'z munosabatini bildirdi.
— Futbol nuqta'i nazaridan qaraganda, "Sochi" klubi Sasha uchun yomon variant emas, —Voroninning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "SE". — ma'lum sabablarga ko'ra u ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushmadi, plyus uning jarohati ham bor edi. U o'z sport formasiga kirib olishi uchun muntazam ravishda o'ynashi kerak. "Sochi" uni muntazam maydonga tushirishni 100 foiz kafolatmlamoqda. Yozda Evropa chempionati bo'lib o'tishini tushunish kerak. Agar hozir Dik Advokatdan konkret taklif bo'lsa, bu Kokorin uchun ajoyib imkoniyat! Gollandiyaga ketib, barchasini boshidan boshlashi kerak. Gollandiya ajoyib chempionat, u erga har bir turda skautlar tashrif buyuradi. U erdan Ispaniya, Angliya va Italiyalarga yo'l olish oson. "Feyenoord" varianti "Sochi"nikidan ko'ra ancha qiziqarli. Shuningdek, "Zenit"ni rotterdamliklardan kuchli deb hisoblamayman. Piterliklar EChLdagi so'nggi uchrashuvni qanday o'tkazishdi?