Xoland Bundesliga rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 307

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland Germaniya chempionatining 19-turi doirasida bo'lib o'tgan «Kyoln»ga qarshi o'yinda (5:1) "dubl"ga erishdi.
19 yoshli futbolchi Bundesligidagi dastlabki ikkita o'yinda 5ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Norvegiyalik futbolchi Germaniya chempionatining dastlabki ikkita o'yinida 5ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
ESPN tarqatgan xabarga ko'ra, rekordni yangilash uchun Xolandga 60 daqiqa etarli bo'ldi. Erling har ikkala o'yinda ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan edi.
Xoland qishki transfer paytida 20 million evro evaziga «Zaltsburg»dan «Borussiya»ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
145