Rasman: Boks bo'yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun litsenzion musobaqaga mezbon e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 672
Xabaringiz bor, 3-14 fevral kunlari boks bo'yicha Xitoyning Uxan shahrida o'tkazilishi lozim bo'lgan litsenzion musobaqa xavfli koronavirus sabab bekor qilindi.
Bugun Xalqaro olimpiya qo'mitasi mazkur musobaqaga mezbonlik qiladigan shahar nomini ma'lum qildi. Tashkiliy qo'mita tomonidan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston boks federatsiyasiga yuborilgan xatda ma'lum qilinishicha, Osiyo va Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa 3-11 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida o'tkaziladigan bo'ldi.
Manba: www.olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202