“Arsenal” futbolchisi Sulsherning “MYu”dagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

Londonning “Arsenal” klubi sobiq himoyachisi Martin Kiounning fikricha, “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher jamoadagi faoliyatini davom ettirishga haqli emas.
«APL turnir jadvaliga nazar tashlang. Raqamlar aldamaydi. «Manchester Yunayted» «Liverpul»dan 30 ochko ortda qolmoqda. Bu vaziyat har bir insonni xavotirga soladi. Sulsher keyingi mavsumda ham «MYu» bosh murabbiyi bo'lib ishlashda davom etishiga katta shubha bilan qarayman.
Avvalroq, Sulsher jangovor tarkib tayyorlash uchun vaqt talab etilishini aytgandi, u so'ragan muddat yakunlanib bo'ldi, lekin jangovor tarkibdan darak yo'q. “MYu” qanday miqyosdagi klub ekanligini unutmayli, — dedi Martin Kioun.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253