Mourino: «Hujumni kuchaytiradigan futbolchimiz yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 545

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino «Norvich» klubi (2:1) ustidan qozonilgan qiyin g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Raqibning kuchini hisobga olgan holda shuni aytishim mumkinki, bugun muhim bo'lgan qiyin g'alabani qo'lga kiritdik. Tanaffusdan keyin muammolarga duch keldik va bunda faqat o'zimizni ayblashimiz kerak. Zahiramizga qarab hujumni kuchaytiradigan hech kim yo'qligini tushunaman. Lamela charchoq tufayli o'yinlardan vaqtincha ozod qilindi.
«Chelsi» bunday vaziyatda Batshuayiga suyanadi, «Manchester Siti»da Aguero va Jezuslar bor. Biz esa Lorisni qaytishi bilanoq Uinksni yo'qotdik.
Jamoamizni qanday futbolchilar bilan kuchaytirishimiz kerakligi haqida doim o'ylayman. Barcha futbolchilarimiz «Tottenxem» klubi uchun borini bermoqda», — dedi Joze Mourino.

Bosh sahifaga
195