Rasman: Boks bo'yicha Xitoyda o'tadigan Tokio-2020 litsenzion turniri bekor qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379

3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya qit'alari uchun boks bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqa o'tishi belgilangan edi. Afsuski, ushbu hududda hayot uchun xavfli korona-virusning tarqalishi sabab litsenzion turnir bekor qilindi.
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi shafeligida o'tadigan litsenzion musobaqa qachon va qaerga ko'chirilishi borasida yangilik yaqin kunlar ichida e'lon qilinadi. Eslatib o'tamiz, ayni paytda terma jamoamiz Uishan shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359