"Milan" Yashari bo'yicha "Bryugge"dan javob kutaverib charchadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Belgiyaning "Bryugge" klubi hamon tayanch yarimhimoyachi Ardon Yasharining transferi yuzasidan "Milan"ga javob bermayapti. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma'lum qilmoqda.
Manba xabar berishicha, "Milan" 10 kun oldin 22 yoshli shveytsariyalik futbolchi uchun 38 million evro taklif qilgan, biroq hozirgacha javob ololmagan. Mish-mishlarga ko'ra, "Bryugge" Yasharini sotishdan 46 million evrodan ortiq mablag' olish umidida yanada yaxshiroq taklif kutmoqda. Ta'kidlash joizki, "Bryugge" o'tgan yozda Yasharini "Lyutsern"dan atigi olti million evroga sotib olgan edi.
Mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 52 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va oltita golli uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294