Toni Kroos "Real"ning ikki yulduziga maslahat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56

"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Madrid jamoasining yulduz hujumchilari - Vinisius Junior va Kilian Mbappega maslahat berdi. Kroosning fikricha, braziliyalik va frantsuz ko'proq himoyaga yordam berishi kerak.
"Yaxshi futbolchilar birga o'ynashlari mumkin va kerak. Lekin ular himoyalanishi ham kerak. Men uchun hujum va himoya doim ajralmas bo'lgan," - deya Kroosning so'zlarini keltiradi Goal portali Gazzetta dello Sport'ga tayanib.
Eslatib o'tamiz, Toni Kroos o'tgan yozda faoliyatini yakunlagan edi. Germaniyalik futbolchi "Real" tarkibida o'n mavsum o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276