OChL. «Bunyodkor» saralashning keyingi bosqichiga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 459
Osiyo chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi doirasida «Bunyodkor» o'z uyida Iroqning «Az-Zavra» klubini qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuv debyutida vakillarimiz penalti ishlashdi va Murod Xolmuhammedov uni aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo'limda esa "qaldirg'ochlar" yana 3 marta raqib darvozasiga yo'l topildi. Humonyun Murtazoev "dubl"ga erishgan bo'lsa, Boburbek Farhodov o'z hisobiga bitta gol yozdi.
O'yin tugashi arafasida esa Abbos Qosim "Zavra"ning yagona javob to'piga mualliflik qildi.
"Bunyodkor" OChL guruh bosqichi yo'llanmasi uchun 28 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida "Al-Ayn" bilan to'qnash keladi.
OChL, 2-saralash bosqichi. 14:00
"BUNYoDKOR" — "AZ-ZAVRA" — 4:1 (1:0)
GOLLAR: Murod Xolmuhammedov (9-penalti), Humoyun Murtazoev (46, 82), Boburbek Farhodov (77) — Abbos Qosim (89)
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2. Suhrob Yarashev, 6. Anvar G'ofurov, 7. Dilshod Ahmadaliev, 8. Jasur Jaloliddinov, 13. Lutfulla To'raev, 22. Sardor Abduraimov, 33. Suhrob Izzatov, 70. Murod Xolmuhammedov, 77. Selim Nurmuradov (Farrux Ikromov 35), 92. Humoyun Murtazoev
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 4.Davronjon Ergashev, 5.Boburbek Farhodov, 21.G'ulom Haydar G'ulomov, 24.Bahodir Pardaev, 28.Hasan Yo'ldoshev, 49.Farruh Ikromov.
"Az-Zavra": 12.Jalol Hashim, 2.Mustafo Masluhi, 6.Muhammad Rizo, 7.Ahmad Fadhil, 8.Mohanad Abdulrahim, 10.Hussayin Al Saedi, 15.El Hassan Xueibib, 19.Mahdi Kamil, 20.Solomon Uilyams, 29.Abbos Qosim, 77.Stivi Nzambe
Zaxira: 1.Fahad Tolib, 9.Mustafo Mahmud, 11.Ahmad Jalal, 14.Najm Shvan, 25.Ali Rahim,
Bosh hakam: Yudai Yamamoto (Yaponiya).

Bosh sahifaga
202