«Qari tulki» faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20738
“Chelsi”, “Lester” va Germaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Robert Xut faoliyatini yakunladi.
Bu haqda germaniyalik futbolchi o'zining rasmiy Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilib “Derbi Kaunti”ga o'tmaganligini ham tasdiqladi.
“Bu yolg'on, men faoliyatimni yakunlaganman! Shunchaki, yig'lab intervb berishni istamadim”, - deb yozadi Xut.
U “Lester”da 2015 yildan boshlab 2018 yilgacha o'ynadi. 2015/16 mavsumda Xut “tulkilar” safida Angliya chempioni bo'lgan.
Shuningdek, u “Chelsi” bilan ikki marta APL chempioni bo'lishga ulgurgan. London klubini tark etgandan so'ng, Xut “Lester”,“Stok Siti”va“Midlsbro”da o'ynadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!