“MYu" "Birmingem" futbolchisi uchun 30 million to'lamoqchimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387

Sky Sports telekanalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Birmingem" klubining 16 yoshli yarim himoyachisi Djud Bellingemga 30 million funt to'lashga tayyor.
Ushbu yosh futbolchiga "Liverpul", "Bavariya", "Borussiya" va "Barselona" klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Hozirgi kunda Bellingem hozirgi kunda haftasiga 145 funt sterling ishlab topmoqda. Sababi, u hali 17 yoshga to'lmagan va professional shartnomaga ega emas.
Futbolchi "Birmingem" klubi asosiy tarkibida maydonga tushishga ulgurdi. U 16 yosh 38 kunligida jamoaning asosiy tarkibida debyut uchrashuvini o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279