"Manchester Yunayted" Ederson borasida muzokaralar olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

26 yoshli braziliyalik yarim himoyachi Ederson "Atalanta"ni tark etib, faoliyatini Angliya premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchini "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi. “Qizil iblislar” Bergamo klubiga Ederson uchun taklif bilan chiqishdi. Braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Yuventus" va "Milan" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi 48ta o'yinda maydonga tushdi. U beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213