"Andijon" a'zosi muxlislardan uzr so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

"Andijon" – "Bunyodkor" (0:2) o'rtasidagi uchrashuvda ishtirok etgan andijonliklar a'zosi Ilhom Abdug'aniev zaxiraga olingan paytda muxlislar bilan o'rtasida biroz tushunmovchilik yuz bergandi.
O'yindan keyin futbolchi ushbu vaziyat bo'yicha quyidagilarni aytdi:
"Albatta, g'alabani istagandik. Biroq ishqibozlarimizni xursand qila olmadik. Zaxiraga olingan paytda esa bir muxlis onamni xaqorat qildi. Buning ustiga jamoam yutqazayotgandi va o'sha paytda xissiyotlarimni jilovlay olmadim. Haqorat qilganidan keyin o'zimni ushlab tura olmadim. Albatta, yaxshi ish bo'lmadi, buning uchun muxlislardan uzr so'rayman".
Manba: "Andijon" klubi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!