«Rivojlanish kubogi-2020»: Belgiya – O'zbekiston 2:1
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 384

Bahraynda o'tadigan U-16 Osiyo chempionatiga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Belarus poytaxti Minskda tashkil etiladigan “Rivojlanish kubogi-2020”da qatnashmoqda.
Terma jamoamiz bugun musobaqa doirasidagi ikkinchi o'yinini o'tkazdi. Belgiya bilan kechgan o'yinda evropaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Belgiya U17 – O'zbekiston U16 2:1
Gollar: Al Butaibe (21), Brake (61) – Xayrullaev (67).
O'zbekiston: Kenjaev, Pogosyan, M. Abdurazzoqov, To'xtasinov (Poyonov, 68), Todorov, Husanov, Xayrullaev (Inomov, 68), Pazildinov (Omonaliev, 58), Turdimurodov (Hojiboev, 47), Qaxxorjonov (Bahodirov, 68), N. Abdurazzoqov (Akramov, 27).
Ogohlantirishlar: Husanov (30), Xayrullaev (57), Dassi (78).
Chetlatish: M.Abdurazzoqov (53).

Bosh sahifaga
163