«Barselona» Suaresning o'rniga asosiy da'vogarni belgilab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 610

"Barselona" jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan Luis Suaresning o'rniga boshqa hujumchi topdi.
Kataloniyaliklar "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyangni qo'lga kiritishni ko'zlamoqda, deya xabar tarqatdi "Mundo Deportivo" nashri.
Gabonlik futbolchining o'zi ham "kanonirlar" safini tark etishni istayotgani uchun "Barsa" uni qishki transfer paytida xarid qilishiga ishonmoqda.
30 yoshli Obameyang ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida "Arsenal" safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Uning "Arsenal" bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
158