Alisher Jalilov: “Raqib bo'shroq ko'ringandir, biroq…”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382

Bugun Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi OChL guruh bahslari uchun saralash uchrashuvi doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi to'p surdi. O'yin kutilmaganda mehmonlarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlanganidan xabaringiz bor. O'yinning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etilgan “Istiqlol” sardori Alisher Jalilovni o'yindan so'ng, suhbatga tortdik.
— Bugungi g'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritldi deb o'ylaysiz?
— Birinchi navbatda intizomli futbol o'ynadik. Raqib o'yinning katta qismida to'p bilan muomalada bo'ldi. Shu sababli, himoyada to'psiz harakat qilish bizga ikki hissa og'ir kechdi. Shunday bo'lsada, o'z imkoniyatimizni kutdik va undan unumli foydalandik.
— Bu g'alaba Tojikistonda sensatsion natija sifatida qabul qilinadimi?
— To'g'risi bilmadim. Biz xalqaro maydonlarda doimo vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilganmiz. Hatto yirik hisobda engilayotgan bo'lsakda, o'yinimiz sira “sochilib” ketmaydi. Shuning uchun bizning mag'lubiyatlarimizga muxlislar ortiqcha e'tiroz bildirishmaydi. Bugungi g'alaba yurtimizda katta shov-shuv ko'tarmasa kerak. Boisi, biz bugun shunchaki o'z o'yinimizni o'ynadik. Bizning bunday to'p surishimiz Tojikistonlik muxlislar uchun odatiy hol.
— Bugun “Lokomotiv”ning o'yini sira qovushmagandek ko'rindi?
— Tashqaridan qaraganda shunday tuyilishi mumkin, biroq o'yin ichida buning tamomila aksiga guvoh bo'ldim. Jamoa o'yinni to'liq boshqaruviga oldi. To'g'ri, qaerlardadir vaziyatlarni yakunlashni uddalay olmadi, biroq ular yomon o'yin o'tkazishdi demagan bo'lar edim. Bu futbol va unda hamma narsa bo'lishi mumkin.
Manba: Stadion.uz
Bosh sahifaga
164