"Real" "PSJ" futbolchisi uchun Kamavinga va 100 million evro berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

"PSJ" va Portugaliya terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi Vitinya Frantsiya chempionatini tark etib, Ispaniya La Ligasiga o'tishi mumkin. Bu haqda Fichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishdan Madrid "Real"i manfaatdor. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso portugaliyalik o'yinchini xorvat Luka Modrichning o'rnini bosuvchi deb hisoblamoqda. "Qaymoqranglilar" Vitinya uchun yarim himoyachi Eduardo Kamavinga va 100 million evro taklif qilishga tayyor.
"PSJ" esa o'z navbatida portugaliyalik futbolchini qo'yib yuborish niyatida emas. Vitinya jamoaning etakchi o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Yarim himoyachi parijliklar bilan 2027 yilning o'rtalarigacha shartnoma imzolagan.