OChL. «Lokomotiv» Tojikiston klubiga yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 446

O'zbekiston Superligasi vitse-chempioni - "Lokomotiv" jamoasi Osiyo Chempionlar ligasining 2-saralash bosqichi doirasida Tojikiston chempioni "Istiqlol"ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Ikkinchi bo'limning 60-daqiqasida Alisher Jalilov uchrashuvdagi yagona to'pni "Lokomotiv" darvozasiga kiritdi.
Tojikistonliklar o'yin davomida yaxshi himoyalanib, "Loko"ga xavfli vaziyat yaratish imkonini bermadi.
Shu tariqa, "Istiqlol" keyingi bosqichga yo'l olgan bo'lsa, "Lokomotiv" OChLda yurishini shu joyda yakunladi.
OChL, saralash bosqichi.
21.01.2020. "Lokomotiv" stadioni 15:00
"Lokomotiv" – "Istiqlol"
Gol: Alisher Jalilov (60)
“Lokomotiv”: Nesterov, Damyanovich, Kaxi Maxaradze, Pogrebnyak, Bikmaev, Umirov, Mirzaev, Hoshimov, Zoteev, Turapov, Ibrohimov
“Istiqlol”: Yatimov, Milich, Davlatmir, Iskandar Jalilov, Zoir Juraboev, Viktor Shezov, Alisher Jalilov, Sheriddin Boboev, Ehsoni Panshanbe, Oleksiy Larin, Jalilov Manuchehr.

Bosh sahifaga
160