«Barselona» yangi hujumchi sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1158

«Barselona» klubi «Albasete» hujumchisi Rey Manayning transferini e'lon qildi.
Transfer summasi 700 ming evroga teng bo'ldi. Kelishuvga ko'ra, kataloniyaliklar o'yinchining ishtirokiga qarab yana 2 million evro miqdorida bonus to'lab berishi mumkin.
"Ko'k-anorranglilar" albaniyalik futbolchiga 50 million evro tovon puli belgilashdi. Manay "Barsa" safida 22-raqamli futbolkada o'ynaydi.
22 yoshli futbolchi bilan 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi.
Manay 2018 yilning yozidan buyon «Albasete» sharafini himoya qilib keladi. Shu paytgacha u jami 41ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi. U Albaniya terma jamoasi safida 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va bitta golga uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179