A seriya. «Atalanta» o'z uyida autsayderga yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 828

Italiya chempionatining 20-turi doirasida «Atalanta» o'z uyida jadvalning eng quyida kelayotgan SPALni qabul qilib, kutilmaganda, imkoniyatni boy berdi.
Bahsning 16-daqiqasida Yosip Ilichich mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar 6 daqiqa ichida ikkita gol urib, g'alabani ilib ketishdi. Petanya va Valoti tomonidan urilgan gollarga "Atalanta" javob qaytara olmadi.
Natijada Jan Pero Gasperini jamoasi 35 ochko bilan 5-o'ringa tushib qolishdi. SPAL esa ushbu g'alabadan keyin 15 ochko bilan 18-o'ringa ko'tarilib oldi.
Italiya A seriyasi, 20-tur
Atalanta – SPAL 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 16 Ilichich, 1:1 – 54 Petanya, 1:2 – 60 Valoti.
Atalanta – Sportello, Toloi, Kaldara (Muriel, 66), Palomino, de Ron, Froyler (Gimshiti, 46), Pashalich, Gosens, Gomes (Malinovskiy, 59), Ilichich, Sapata.
SPAL – Berisha, Chonek, Vikari, Igor Julio, Espeto, Dabo, Missiroli, Valoti (Valdifori, 78), Retsa (Tomovich, 85), Petanya, Di Franchesko (Flokkari, 72).
Ogohlantirishlar: Valoti (5), Vikari (21), de Ron (40), Di Franchesko (45), Palomino (50).

Bosh sahifaga
161