Nurillo To'xtasinov: “Guruhda natija uchun o'ynadik”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 621

Olimpiya terma jamoamiz yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinovning o'yinlari ko'pchilkda iliq ta'surot qoldirmoqda. Bugun Olipiya terma jamoamiz yarim himoyachisi bilan bog'lanib kichik intervyu uyushtirdik.
- Nurillo BAAga qarshi uchrashuv haqida qisqacha to'xtalib o'tsangiz?!
- Ochig'i o'yinni gol o'tkazib yuborishdan boshlaganimiz uchun ortiqcha “razvedka” qilishga xojat qolmadi. Bor e'tiborimizni to'liq hujumga qaratdik. BAAga qarshi oldindan o'ylagan barcha rejalarimizni to'liq amalga oshirishga muvaffaq bo'ldik.
- Nima uchun terma jamoamiz guruh bahslarida tamomila o'zgacha, pley-off o'yinlarida boshqacha ta'surot qoldirdi?
- Bilasizmi, biz joy olgan guruhda juda murakkab raqiblar joy olgan edi. Biz guruhdan chiqish uchun to'liq natija uchun harakat qildik. Bundan tashqari, birinchi turdagi durangdan so'ng, katta bosim ostida qolib ketgan edik. Shu sababli o'yinimiz sira qovushmadi. Guruhdan chiqqach, elkazmidagi katta bosimdan halos bo'lganimiz uchun o'yinimiz ham o'z-o'zidan qovusha boshladi.
- Yirik hisobdagi g'alaba haqida jamoa futbolchilariga qanday ta'sir o'tkazdi?
- Bu faqatgina bizning foydamizga ishlaydi. Sababi yigitlarda o'z kuchiga bo'lgan ishonch yana ortadi. Bunday o'yinlardan so'ng, yigitlar maydonda ancha ishonchli va sovuqqon harakat qilishni boshlashadi. Bizning o'yin uslubimiz ham aynan tezkor va sovuqqon qarorlar ustiga qurilgan.
- Yarim finalda g'arbiy Osiyo mintaqasi jamoalari bilan to'qnash kelish qulaylik tug'diradimi?
- Menimcha yarim finalda qaysi jamoa bilan to'qnash kelishimizning umuman farqi yo'q. Oldimizga Tokio Olimpiyasida ishtirok etish vazifasi qo'yilgan. Bu maqsadga erishishimiz uchun raqib tanlamasligimiz kerak.
- Olimpiyachilarimizning kayfiyati qanday?
- To'g'risi, a'lo darajada. Orzu sari bir qadam qolganini barcha tushunib turibdi. Biz bu kunlarni juda uzoq kutganmiz. Xalqimizning azaliy orzularidan birni ro'yobga chiqarish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Manba: Stadion.uz
Bosh sahifaga
176