RPLning 2019 yildagi eng omadsiz transferlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 369

Rossiyalik muxlislar tomonidan yilning eng omadsiz xaridi deb e'tirof etilgan futbolchi haqida avvalgi maqolalarimizda ham to'xtalib o'tgan edik. Bugun Malkom singari ortda qolgan yilda RPLning omadsiz transferi deb e'tirof etilgan bir nechta xaridlarni e'tiboringizga havola etamiz.
Elmir Nabiullin (Rossiya)

Yozda “Zenit” jamoasidan “Sochi”ga ko'chib o'tgan futbolchi Rossiyadagi eng kuchli qanot himoyachilaridan bir edi. Afsuski, raqobatda Krishitoni enga olmagan himoyachi jamoasini o'zgartirgani uning zarariga ishladi. “Sochi” yosh va iqtidorli futbolchi uchun 3 million evrodan voz kechgani uchun hali uzoq vaqt afsuslanishi aniq.
Andre Shyurrle (Germaniya)
Nemis Rossiya chempionatini ko'tarinki kayfiyatda boshlagan bo'lsada, sog'lig'idagi muammolar sababli bir fursat o'yindan tashqarida qoldi. Moskvaliklar tomonidan 1 million evro evaziga xarid qilingan amaldagi JCh g'olibi o'zidan kutilgan darajani namoyish eta olmayapti. Gap Andre uchun “Borussiya”ga to'langan pullarda emas, u tomonidan oqlanmagan ishonchda!
Reziuan Mirzov (Rossiya)
“Rostov”dagi ajoyib startdan so'ng, “Spartak” tomonidan 4 million evro evaziga sotib olingan futbolchidan bosh murabbiyning umidi katta edi, biroq Mirzov tobora keraksiz futbolchiga aylanib bormoqda. Ayni damda futbolchining transfermarket portalidagi narxi ham uning o'yini singari keskin tushib ketdi.
Remi Kabelya (Frantsiya)

Mavsum boshida “Krasnodar” fransiyalik futbolchining transferi orqali yangi darajaga ko'tarilmoqchi edi. Ko'plab mutaxassislar tomonidan jamoaning yangi etakchisi bo'lishi bashorat qilingan Remi o'z soyasida qolib ketdi. Afsuski, klub yarim himoyachi uchun 12 million evrodan voz kechdi. Bu pullarga bir nechta iqtidorli yoshlarni jamoaga jalb etishi mumkin edi. Nima ham derdik, chinakam omadsiz transfer!
Guus Til (Gollandiya)

“Spartak” jamoasi tarixidagi eng qimmat transferga aylangan gollandiyalik futbolchi uchun mavsum yaxshi boshlangan edi. Maydonda to'p uchun keskin kurash olib borayotgan Gus tezda motivatsiyani yo'qotib qo'ydi. Klub tepasiga Tedeska kelgach, unga maydonda joy topilmay qoldi. 18 million evro evaziga sotib olingan futbolchining imkoniyatlari haqida uzoq so'zlashdan foyda yo'q. “Az” klubida kelajagi porloq deb ta'rif berilgan Tillning Rossiyaga safari juda ham omadsiz keldi.
Manba: Stadion.uz
Bosh sahifaga
254