La liga. «Napoli» o'z uyida «Fiorentina»ga yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245
Jennaro Gattuzo boshchiligidagi "Napoli"ning "ketmoni" uchmayapti. Jamoa italiyalik mutaxassis boshqaruvida Italiya A seriyasida 5ta o'yinda maydonga tushib, to'rttasida imkoniyatni boy berdi.
"Fiorentina" Neapolga tashrif buyurib, safardan 3 ochko bilan qaytdi. Bahsning 26-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Amalga oshirilgan chiroyli kombinatsiyani Federiko Keza samarali yakunladi.
Umuman olganda, o'yin qarama-qarshi hujumlar ostida kechdi. Ba'zi vaziyatlarda "Napoli"ga omad etishmadi. Jumladan, Kalexon yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmagan bo'lsa, Lorentso Insine zarbasidan keyin to'p to'singa tegib qaytdi.
O'z navbatida neapolliklar darvozaboni ham bir necha marta mahorat ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. Shunga qaramay, o'yin tugashiga 16 daqiqa qolganida Dushan Vlaxovich jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib, ajoyib zarba bilan ikkinchi to'pni raqib darvozasiga joyladi.
Ushbu g'alabadan keyin "Fiorentina" o'z ochkolarini 24taga etkazib, "Napoli" bilan tenglashib oldi. Bu jamoalar jadvalda 11 va 12-o'rinlarni egallab turishibdi.
Italiya chempionati, 20-tur
Napoli – Fiorentina 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 26 Keza, 0:2 – 74 Vlaxovich.
Napoli – Ospina, Di Lorentso, Manolas, Luperto, Xyusay, Zelinski (Losano, 64), Allan (Demme, 56), Kalexon (Lorente, 75), Fabian Ruis, Insine, Milik.
Fiorentina – Drongovski, Lirola, Kaseres, Milenkovich, Dalbert (Chekkerini, 87), Pulgar, Kastrovilli, Keza (Sottil, 78), Benassi, Petstselya, Kutrone (Vlaxovich, 66).
Ogohlantirishlar: Xyusay (61), Demme (66), Dalbert (84).