Shomurodov jamoasiga taqiq qo'yildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334

“Rostov” klubi Prezidenti Artashes Arutyunyants jamoa murabbiylari va futbolchilariga Abu-Dabidagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarida matbuot bilan muloqot qilishni taqiqlab qo'ydi.
Bu haqda «Chempionat» nashri muxbiri Oleg Liisenko o'zining “Tvitter”dagi rasmiy sahifasida e'lon qildi.
«Rostov» prezidenti jamoaning Birlashgan Arab Amirliklardagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari jarayonida futbolchi murabbiylarga intervyu berishni taqiqladi. Nostalji bilan Berdiev, Bodilevskiy, Ad...larni davrlarini eslayapman» – deb post qoldirdi Liisenko.
Eslatib o'tamiz, «Rostov» Rossiya Premer-ligasining birinchi davra bahslarini 19 uchrashuvda 34 ochko jamg'argan holda 3-o'rin bilan yakunladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181