Kulibali Fergyuson bilan uchrashgandan so'ng, “MYu” uni sotib olishdan bosh tortgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

«Manchester Yunayted» klubi “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibalini Aleks Fergyuson bilan uchrashganidan keyin sotib olmaslikka qaror qilganigi ma'lum bo'ldi.
O'tgan yilning yozida Aleks Fergyuson Kalidu Kulibali bilan uchrashgandi. O'shnada «Manchester Yunayted» himoyachi izlash bilan ovora edi, Kulibali esa “MYu”ning asosiy maqsadlaridan biri edi.
Yakunda «Manchester Yunayted» 28 yoshli himoyachi bilan shartnoma qilishdan bosh tortdi va Garri Maguayrni «Lester Siti» klubidan 89 million evroga sotib olishni ma'qul ko'rgandi. Kulibali esa «Napoli» klubida qolgandi.
Qayd etilishicha, «Napoli» klubi prezidenti Aurelio De Laurentis Kulibalini 65 million evroga sotishga tayyor.
Hozirda Kaliduga «Pari Sen-Jermen» klubi davogarlik qilmoqda.

Bosh sahifaga
194