«Inter» Yangni ijaraga olganini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

Italiyaning «Inter» klubi “MYu” futbolchisi Eshli Yangni olti oyga ijaraga olganini tasdiqladi.
Eshli Yang «Manchester Yunayted» klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh torgan. 2019/20 yil mavsumda Eshli APL doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Kechadan beri Yang «Inter» a'zosi. U 6 oy davomida “Inter” safida ijara asosida to'p suradi, so'ngra, “MYu” bilan tuzilgan shartnomasi yozda o'z yakuniga etganidan keyin, erkin agent sifatida “Inter” jamoasining to'laqonli a'zosiga aylanadi.
Eshli Yang «MYu» tarkibida 9 yil o'ynadi. U jami bo'lib “MYu”ning 261 ta uchrashuvida maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Yang «MYu» klubiga 2011 yili «Aston Villa» klubidan kelib qo'shilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207