«Real» ertaga braziliyalik vunderkind transferini e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326

Madridning “Real” klubi yaqin vaqt ichida “Flamengo” yarim himoyachisi Reyner transferini yakunlaydi.
As nashrining xabariga ko'ra, 17 yoshli braziliyailk futbolchi shartnoma imzolash uchun Madridga etib kelgan.
Shu sababli, Reyner chorshanba kuni Braziliya olimpiya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, “Real” ertaga futbolchi 18 yoshga to'lganda uning transferini e'lon qiladi.
Avvalroq, futbolchi madridliklar safida tibbiy ko'rikdan o'tgan edi. “Real” futbolchi uchun 30 million evro to'laydi va u bilan 6,5 yillik shartnoma imzolaydi.
Manba: ASFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200