Iguain Sarri bilan kelisha olmaydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Gonsalo Iguain jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri bilan munosabati haqida gapirib o'tdi.
"Men ham bir ishlagan murabbiylaridan nimadir o'rganganman. Lekin menga eng ko'p ta'sir o'tkazgan Sarri ekanligini yashirishdan hojat yo'q. Mauritsio hech qachon taslim bo'lmaydi. U juda qaysar va men ham shundayman. Qaysar bo'lishning yomon tomoni yo'q deb o'ylayman.
Juda yaxshi munosabatdamiz. Biroq, qaysarlik sabab tez-tez oramizda nizo kelib chiqadi. Ammo biz buni yumshoqlik bilan qilamiz. Sarri mening eng zo'r mavsumimga guvoh bo'lgan", - Iguainning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Tuttosport.
Eslatib o'tamiz, Iguain Sarri qo'l ostida “Napoli”va“Chelsi” klublarida ham o'ynagan.

Bosh sahifaga
201