Xakim Ziesh: «Futbol – bu qo'g'irchoqlar shousi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

Gollandiyaning “Ayaks” klubi yarim himoyachisi Xakim Zieshga ayni paytda «Pari Sen-Jermen», «Bavariya», «Arsenal» va «Tottenxem» klublaridan qiziqish bo'lmoqda.
So'nggi haftalarda uning futbolga bo'lgan munosabati sababli tez-tez tanqidlarga uchradi.
Zieshning aytishicha, unga boshqa insonlarning fikri qiziq emasligini aytib o'tdi.
«Odamlarni ajrata olaman. Hozir futbolda qalbaki insonlar ko'p. Boshimda qalbaki insonlarni ajrata oladigan “uskuna” bor.
Hozirgi futbolda hammaga ham ishonish kerak emas. Futbol – qo'g'irchoq shousi. Ob'ektivlik o'rniga odamlar o'z manfaatlari yo'lida gapira boshlaydilar», — dedi Xakim Ziesh.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223