Kipr chempionati to'xtatildi, hakamga hamla qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 393

Tahdidchilar 33 yoshli hakam Andreas Konstantinni avtomashinasini portlatib yuborishgan.
Futbol Arena nashrining ma'lum qilishicha, portlovchi modda hakamning avtomobiliga o'rnatilgan, lekin baxtli tasodif tufayli mashinani ichida hech kim bo'lmagan va avtomobilgina jabr ko'rgan.
Konstantin yaqinda «Doksa» - AEL (2:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqargandi, uchrashuv yakuniga ko'ra, mehmon jamoa vakillari unga nisbatan e'tiroz bildirishgan.
Shuningdek, u Kubok doirasida bo'lib o'tgan «Ayya-Napa» - «Pafos» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ham hakamlik qilgan.O'sha uchrashuv ham kelishilgan degan to'htamga kelingan.
Kipr Futbol Federatsiyasi ushbu tahdiddan keyin chempionatni vaqtinchalik to'xtatib turishga qaror qilgan.
Avvalroq, «Omoniya» klubi FIFA va UEFAga Kipr futboli ustidan norozilik ruhida xat yuborgandi. Klubdagilar mahalliy futbolchilar korruptsiyaga botib ketganligi yuzasidan shikoyat qilishgandi.

Bosh sahifaga
206