Tokio Olimpiadasiga litsenzion musobaqada qatnashuvchi bokschilarimiz Xitoyga yo'l olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 405

2-15 fevral kunlari Xitoyda boks bo'yicha Osiyo qit'asi uchun Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi litsenzion musobaqa bo'lib o'tadi. Biroz avval 35 kishidan iborat delegatsiyamiz Chin o'lkasiga yo'l oldi.
Ta'kidlash joiz, vakillarimiz Xitoyga yo'l olishidan avval MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov hamda MOQ vitse-prezidenti, O'zbeksiton boks federatsiyasi raisining biring o'rinbosari Saken Polatov bokschilarimiz bilan uchrashishdi va ularga oq yo'l tilab qoldilar. Jamoamiz musobaqa boshlangunicha Xitoyda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boradi. Litsenzion turnirda ishtirok etuvchi bokschilarimizning yakuniy tarkibi rasman keyinroq e'lon qilinadi.
Xitoyga yo'l olgan delegatsiyamizning to'liq tarkibi quyidagicha:
Sportchilar:
Abdumalik Xalakov
Abrorjon Qodirov
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
Aliyor Noraliev
Bahodir Jalolov
Bobousmon Baturov
Dilshodbek Ro'zmetov
Jahongir Rahmonov
Jamshid Xudoyberganov
Jamshidjon Abdullaev
Kozimbek Mardonov
Lazizbek Mullajonov
Mirazizbek Mirzahalilov
Madiyar Saidrahimov
Navo Tamazov
Oybek Jo'raev
Sanjar Tursunov
Foziljon Abdumurodov
Fanat Qahramonov
Shahobiddin Zoirov
Shohruxbek Rustamov
Shunqor Abdurasulov
Elnur Abduraimov
Bosh murabbiy: Marat Qurbonov
Katta murabbiylar: Rahmatjon Ro'zioxunov, To'lqin Qilichev
Murabbiylar: Istam Kabinov, Bahodir Erkaev, Burxon Ahmedov, Farrux Qilichev.
Shifokorlar: Dilshod Kazakov, Komiljon Rasulov.

Bosh sahifaga
190