O'zbekiston U23 mashg'ulotda standart vaziyat va penaltilar tepishni mashq qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 284

Tailandda davom etayotgan futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionatining chorak finaliga yo'l olgan O'zbekiston OTJ keyingi uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotlar jarayonida ham bu jihatlar yaqqol ko'rinib turdi.
Xabaringiz bor, jamoamiz 19 yanvar kuni chorak finalda BAA jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Lyubinko Drulovich bugungi mashqlar davomida standart vaziyatlar, ayniqsa, penaltilar seriyasi ehtimoliga ham alohida e'tibor qaratib, yigitlarning bu boradagi tayyorgarligini ko'zdan kechirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251