«Paxtakor» Derdiyo'qni bepul qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

Shveytsariyalik hujumchi Eren Derdiyo'q «Paxtakor»ning yangi futbolchisiga aylandi.
Shveytsariya terma jamoasi safida jahon va Evropa chempionatlari final bosqichi ishtirokchisi bo'lgan tajribali hujumchi Eren Derdiyo'q "Paxtakor"ning navbatdagi transferiga aylandi. Futbolchi jamoa bilan erkin agent sifatida ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.
Derdiyo'q faoliyatini Shveytsariyaning "Old Boyz" jamoasida boshlagan. Keyinchalik yaxshi o'yinlari bilan o'sha paytda mamlakatda gegemon sanalgan klub "Bazel" e'tiborini jalb qilgan. Shundan so'ng Germaniya bundesligasida "Bayer" va "Xoffenxaym" klublari sharafini himoya qilgan.
2014 yildan u faoliyatini Turkiyada davom ettirib, "Qosimposho", "Galatasaroy" va "Go'ztepe" jamoalarida to'p tepdi. "Bazel" va "Galatasaroy" tarkibida Shveytsariya va Turkiya chempioniga aylangan. Milliy terma jamoasi safida esa ko'plab muvaffaqiyatli o'yinlarda maydonga tushib, Evropa va jahon chempionatlari final bosqichlarida ishtirok etib, muxlislar qalbidan joy olgan.
Umid qilamizki, Eren Derdiyo'qning "Paxtakor"dagi faoliyati omadli chiqadi va u ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishimizda yordam beradi.
Eren Derdiyo'q
Tug'ilgan sanasi: 12.06.1988
Tug'ilgan joyi: Bazel, Shveytsariya
Bo'yi: 191 sm
Ampluasi: hujumchi
Faoliyati:
2004–2006 Old Boyz 18 o'yin, 10 gol
2006–2009 Bazel 63 o'yin, 17 gol
2009–2012 Bayer 90 o'yin, 25 gol
2012–2014 Xoffenxaym 19 o'yin, 1 gol
2013–2014 Bayer 18 o'yin, 1 gol
2014–2016 Qosimposho 40 o'yin, 15 gol
2016–2019 Galatasaroy 63 o'yin, 20 gol
2019 Go'ztepe 5 o'yin
Shveytsariya terma jamoasida 60 uchrashuvda 11 gol urgan.
Yutuqlari: Shveytsariya chempioni-2008, Shveytsariya Kubogi sohibi-2008, Turkiya chempioni-2018, Turkiya Superkubogi sohibi-2016.
Shveytsariyaning eng yaxshi yosh futbolchisi-2008.

Bosh sahifaga
244