O'rtoqlik o'yini: O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi “Lokomotiv-2003”ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336

Oldin xabar berganimizdek, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazdi.
Bugun terma jamoamiz “Lokomotiv-2003”ga qarshi o'yin o'tkazdi va shu bilan poytaxt yig'inini yakunladi. Uchrashuvda terma jamoamiz 2:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yinda o'smirlarimiz safida gollarni Sardor Xojiboev hamda Nodir Xabibullaev kiritdi.
Shu bilan terma jamoamiz yig'inga yakun yasaydi va Minskka yo'l oladi.
O'rtoqlik o'yini
17 yanvar 2020, “Chig'atoy” stadioni
“Lokomotiv-2003” – O'zbekiston U-16 1:2
Gollar: Sardor Xojiboev (32), Nodir Habibullaev (70).
O'zbekiston U-16: Beknur Parmonov, Abdulaziz Toshkenboev, Vazgen Pogosyan, Maqsud A'loxo'jaev, Jahongir O'rozov, Asad Qaxxorjonov, Nodir Abdurazzoqov, Diyor Inomov, Sardor Xojiboev, Sarvar Bahodirov, Oblayor Rahmatov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Asror Kenjaev, Bexruz Mahmudov, Aziz Toshpo'latxonov, Aleksandr Zevadinov, Abdulaziz Fayzullaev, Muhammadali O'rinboev, Danila Ni, Nodir Xabibullaev, Rian Islomov.

Bosh sahifaga
243