«Mendan Robben uslubidagi gollarni kutinglar» – Makarov
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 436

“Rubin” klubining yangi futbolchisi Denis Makarov niderlandiyalik futbolchi Aren Robbendan ko'p narsa o'rganishini takidladi.
“Menga Robben juda yoqadi. Mashg'ulotlarda unga o'xshab zarba berishni mashq qilaman. U ham o'ynagan vaqtlarida ko'p zarbalar yo'llagan. Agar zarba bermasang, gol bo'lmaydi.
Robbenning videolarini juda ko'p ko'raman: uning texnikasini, zarbalarini va to'p bilan muomalasini. Uning harakatlarini bajarishga urinaman. RPLda Robben uslubidagi gollarni ko'ramizmi? Ha, shunday bo'ladi”, -deydi 21 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, “Rubin” 6 yanvar kuni 300 ming evroga futbolchini “Nefteximik”dan sotib olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219