«Paxtakor» Derdiyokni o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403

Toshkentning «Paxtakor» klubi Shveytsariya terma jamoasi sobiq hujumchisi Eren Derdiyokni o'z safiga qo'shib oldi.
Norasmiy manbalarga ko'ra, 31 yoshli shveytsariyalik hujumchi Toshkent klubi safida yiliga 2-2,5 million evro atrofida maosh oladi.
![]()
Ma'lumot uchun, Eren Derdiyok 2014-2015 yillarda Shota Arveladze boshqaruvidagi "Qosimposhsho" klubi safida to'p surgan. Futbolchi joriy mavsum Turkiya Superligasining 5ta uchrashuvida ishtirok etib, raqiblar darvozasini biror marta ham ishg'ol qila olmagan.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Derdiyok bungacha "Old Boyz", "Bazel", "Bayer", "Xoffenhaym" klublarida ham to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217