So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbek klublari tarixidan – «So'g'diyona»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8327

“So'g'diyona” futbol klubi 1970 yilda Jizzax viloyatida “Jizzax” nomi ostida tashkil topgan.
Jamoa 1992 yilgi birinchi O'zbekiston chempionatida juda muvaffaqiyatli ishtirok etgan va natijada “So'g'diyona” Oliy ligadagi ilk mavsumida bronza medallari egasiga aylangan. O'sha yili ikkita jamoa, ya'ni “Paxtakor” va “Neftchi” chempion bo'lganligi sababli, kumush medal xech bir klubga topshirilmagan. Jizzaxliklar esa 3-o'rin egasi sifatida e'tirof etilishgan.
2002 yilgacha Oliy ligada qatnashib kelgan “So'g'diyona”, shu yili 16 o'rinni egallab, 2003 yilgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazgan. Quyi ligada birinchi o'rinni egallab, 2004 yili Oliy ligaga qaytgan va 2006 yili Birinchi ligaga tushib ketgan. O'sha yillari jamoaga barqarorlik etishmagan va natijada yana bir necha yil klub elita va quyi ligada navbatma-navbat ishtirok etgan. 2013 yildan buyon yuqori divizionda muntazam o'ynab kelmoqda.
Erishgan yutuqlari
O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi (1992)
PFL Kubogi sohibi (2011, 2012)
Jamoada to'p surgan mashhur futbolchilar
Vadim Abramov
Oleg Morozov
Pyotr Gizimchuk
Sergey Zirchenko
Stepan Atoyan
Aleksey Jdanov
Anvar G'ofurov
Davron Fayziev
No''mon Hasanov
Rustam Zabirov
Sergey Lebedev
Spartak Murtazoev
Devid Oniya
Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar
Viktor Borisov
Axrol Inoyatov
Gennadiy Krasnitskiy
Sergey Dotsenko
Rauf Inileev
Suyun Murtazoev
Oleg Tyulkin
Davron Fayziev