Ilgiz Tantashev KO'JChdagi 1-tur bahsiga tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

O'zbekistonlik hakamlar — Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin klublar o'rtasidagi jahon chempionatida o'zlarining ilk tayinlovini olishdi.
Ular "F" guruhidan o'rin olgan "Fluminense" (Braziliya) va "Borussiya Dortmund" (Germaniya) o'rtasidagi uchrashuvni boshqaradi. Ushbu bellashuv seshanba kuni Nyu-Djersida bo'lib o'tadi.
Qizig'i shundaki, o'yin mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da boshlanadi, bu paytda Toshkentda soat kechki 21:00 bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265