«Inter» Eriksen uchun taklif miqdorini oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 349

«Inter» klubi «Tottenxem» yarim himoyachisi Kristian Eriksenni qishda qo'lga kiritish uchun yana bir marta urinib ko'radi.
Milanliklar daniyalik futbolchi uchun taklifni 18 million evroga ko'tariishdi. Avvalroq "neradzurri" "Tottenxem"ga 10 million evro miqdorida taklif yuborgan edi.
«Tottenxem» esa futbolchini 20 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. «Inter» Eriksenning o'zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo'ldi. Kristian yangi jamoasida 10 million evro yillik maosh ola boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, daniyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi. FIFA qoidalariga ko'ra, shartnoma yakunlanishiga 6 oy vaqt qolganida futbolchi boshqa jamoa bilan muzokara olib borishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172