AFC U23. Guruh bosqichi ramziy terma jamoasiga ikki o'zbekistonlik futbolchi kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488

Osiyo futbolini yoritib boruvchi jurnalist Martin Lou 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi qit'a chempionatining guruh bosqichi yakunlari bo'yicha ramziy terma jamoani e'lon qildi.
Undan O'zbekistonning ikki nafar futbolchisi o'rin oldi. O'ng qanot himoyasiga Hojiakbar Alijonov, markaziy yarim himoyaga esa Azizjon G'aniev joylashtirildi.
AFC U23. Guruh bosqichi ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Muhammad ash-Shamsiy (BAA)
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov (O'zbekiston), Hassan Tombaktiy (Saudiya Arabistoni), Xalifa Muborak al-Hammadiy (BAA), Titatorn Auksornsri (Tailand)
Yarim himoyachilar: Kamel Hamiysha (Suriya), Azizjon G'aniev (O'zbekiston), Li Dong-Jun (Janubiy Koreya), Reno Piskopo (Avstraliya)
Hujumchi: Sufanat Mueanta (Tailand), Firas al-Buraykan (Saudiya Arabistoni)

Bosh sahifaga
161