Futzal bo'yicha O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

18 yanvar sanasidan Rustam Aripov boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.
Oldinroq xabar berganimizdek, 24-29 yanvar kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 19 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida futzal bo'yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionati bo'lib o'tadi.
Unda O'zbekiston, Eron, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston hamda Afg'oniston terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib boradi.
Dushanbedagi musobaqaga yo'l oladigan tarkib:
| № | Ism-familiya | Tug'ilgan yili | Amplua | Jamoasi |
| 1. | Angelina Polyushkevich | 30.05.2003 | Darvozabon | Sevinch |
| 2. | Sevara Nurullaeva | 04.04.2002 | Darvozabon | Sho'rtan |
| 3. | Zarina Saidova | 19.09.2001 | Darvozabon | Bunyodkor |
| 4. | Madina Hikmatova | 09.08.2001 | Himoyachi | Paxtakor |
| 5. | Marina Kosnikova | 14.03.2003 | Himoyachi | Bunyodkor |
| 6. | Ilvina Kamalieva | 11.05.2002 | Himoyachi | Lokomotiv |
| 7. | Laylo Shodieva | 26.03.2000 | Yarim himoyachi | Sevinch |
| 8. | Ozoda Xojieva | 21.08.2001 | Yarim himoyachi | AGMK |
| 9. | Shaxrizoda Zaynitdinova | 21.09.2002 | Yarim himoyachi | Metallurg |
| 10. | So'g'diyona Allamurodova | 03.01.2001 | Yarim himoyachi | Lokomotiv |
| 11. | Nozima Ergasheva | 23.01.2001 | Yarim himoyachi | Bunyodkor |
| 12. | Shaxnoza Qurbonova | 01.05.2000 | Hujumchi | Sevinch |
| 13. | Tojiniso Rashidova | 17.02.2002 | Hujumchi | Bunyodkor |
| 14. | Durdona Baxtiyorova | 18.11.2000 | Hujumchi | Paxtakor |
Musobaqa taqvimi:
1-tur, 24 yanvar (juma)
O'zbekiston – Turkmaniston
2-tur, 25 yanvar (shanba)
O'zbekiston – Qirg'iziston
3-tur, 26 yanvar (yakshanba)
Afg'oniston – O'zbekiston
4-tur, 28 yanvar (seshanba)
O'zbekiston – Eron
5-tur, 29 yanvar (chorshanba)
Tojikiston – O'zbekiston

Bosh sahifaga
163