Rasman. «Manchester Siti» «Chelsi» darvozabonining transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71

"Manchester Siti" rasmiy sayti 33 yoshli darvozabon Markus Bettinellining "Chelsi"dan o'tganligini e'lon qildi. Angliyalik darvozabon bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Bettinelli "shaharliklar" safiga Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun qo'shiladi.
"Manchester Siti" bilan shartnoma imzolash men uchun katta sharaf. Men bu klub Pep Gvardiola kelganidan beri erishgan yutuqlarni chetdan turib hayrat bilan kuzatganman va endi bu muvaffaqiyatning bir qismi bo'lishdan xursandman.
Umid qilamanki, mashg'ulotlarda, kiyinish xonasida va maydonda o'z hissamni qo'sha olaman, shuningdek, kelasi mavsumda imkon qadar ko'proq sovrinlarni qo'lga kiritamiz", – dedi Bettinelli.
Bettinelli 2021 yil yozidan beri "Chelsi" tarkibida o'ynab kelgan. Bu davr mobaynida u bitta o'yinda maydonga tushgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, 33 yoshli futbolchining bozor narxi 600 ming evroni tashkil etadi.