AFC U23. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibini aniq bo'ldi (+ barcha juftliklar)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 717

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichi yakuniga etdi.
"D" guruhida ishtirok etayotgan Birlashgan Arab Amirliklar terma jamoasi so'nggi turda Iordaniya bilan durang o'ynadi. Natijada BAAning ochkolari 5taga etdi va guruh peshqadamiga aylandi. Demak, O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda Amirliklar bilan to'qnash keladi. O'yin 19 yanvar, yakshanba kuni soat 18:15da boshlanadi.
Iordaniya ham "D" guruhida 5 ochko to'pladi, ammo to'plar farqiga ko'ra 2-o'rinni egalladi. Bu jamoa chorak finalda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
2018 yilgi qit'a chempionatida finalgacha etib borgan 2 ochko bilan guruhda so'nggi o'rinda qoldi. KXDR so'nggi turda vetnamliklarni mag'lub etishdi.
AFC U23, "D" guruhi, 3-tur
V'ETNAM - KXDR - 1:2
Gollar: Nguen Tien Lin (16) — Buy Tien Dung (27-avtogol), Ri Chung-Gyu (90-penalti)
IORDANIYa - BAA - 1:1
Gollar: Al-Xavalda (79) — Al-Amiriy (41)
Demak, chorak finalning quyidagi juftliklari aniq bo'ldi:
18 yanvar, shanba
15:15. Saudiya Arabistoni - Tailand
18:15. Avstraliya - Suriya
19 yanvar, yakshanba
15:15. Janubiy Koreya - Iordaniya
18:15. Birlashgan Arab Amirliklari - O'zbekiston

Bosh sahifaga
157