Dmitriy Lozebnikov: “ raqobatdan qo'rqmayman” (intervyu)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 542

Darvozabon Dmitriy Lozebnikov Moskvaning “Zvezda” jamoasidan Toshketning “Humo” hokkey klubiga kelib qo'shilganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada, debyut qilishga ulgurdi. Bugun “Humo”ning yangi darvozaboni bilan kichik suhbat uyushtirdik
“Humo” safiga kelib qo'shilishingiz haqida so'zlab bersangiz?
Menda “Humo”ga o'tish imkoniyati paydo bo'ldi va men undan darrov unumli foydalandim. Mening Toshkentga ko'chib o'tishim ikki klubning rahbarlari tomonidan muzokaralarda hal etildi. Bundan juda ham ma'mnuman.
Sizda “Zvezda”dan KXLda etakchilik qilayotgan TsSKAga o'tish imkoni mavjud edimi?
- Ochig'i meni birinchi jamoaga olishdi, biroq o'zimni ko'rsatishim uchun imkon qoldirishmadi. Zahirada ikkinchi darvozabon edim. Mening jamoaga yordamim tegishi mumkin bo'lgan pallalarda ham zahirada olib o'tirishdi. Ochig'ini aytganda menga ishonch bildirishgani yo'q.
Demak siz “Humo”da o'z faoliyatingizni yangi cho'qqiga olib chiqmochi ekansizda?
To'g'ri aytdingiz. Men o'sishni istayman. Darvozabon bo'lishimga qaramay, jamoamizdagi Zdunov, Grigorenko, Sherbina singari hokkeychilardan o'rganadigan narsalarim juda ko'p. Eng muhimi o'sish uchun ishlashda to'xtamaslik lozim.
- Nima deb o'ylaysiz, Roman Smirniyaginga raqobat tug'dira olasizmi?
Bo'lmasachi! Boshqacharoq fikrda bo'lganimda bu erga kelib o'tirmagan bo'lar edim.
- Oilalilimisz? Yoki sevgan qizingiz bormi? Ularni Toshkentga olib kelish haqida o'ylamayapsizmi?
- Men sakkiz yildan beri sevgan qizim bilanman. U ayrim sabablarga ko'ra Moskvada qoldi. Hozircha Toshkentga kela olmaydi. Mavsum so'nggiga qadar u Moskvada men esa, Toshkentda istiqomat qilamiz. Barchasini kelishib oldik. Mavsumdan so'ng, uni Toshkentga olib kelaman degan umiddaman. Shunday bo'lsada, u meni fevral oyida ko'rgani keladi. Unga shaxarni ko'rastishga va'da berganman.

Bosh sahifaga
179